Daryo

Superligada gollar shousi: “Qizilqum” “Buxoro”ni mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv yakunlandi.

1 daqiqa o‘qish3 819 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv yakunlandi. Kunning so‘nggi o‘yinida Navoiyning “Qizilqum” jamoasi “Buxoro” klubini qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘lim 40-daqiqasida mezbonlar hisobni ochdi. “Buxoro” himoyachisi Xurshidbek Muxtorov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. O‘yinning 52-daqiqasida “Qizilqum” yarimhimoyachisi Jambuli Jiagauri gol urib, farqni ikkitaga oshirdi. 64-daqiqasida Otabek Jo‘raqo‘ziyev hisoobni yiriklashtirdi. 73-daqiqada “Buxoro” futbolchisi Sherzod Esanov hisobni qisqartirdi. Zaxiradan maydonga tushgan Nika Kachavara 77-daqiqada hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirdi. Ushbu natija o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi hamda “Qizilqum” 3 ochkoni qo‘lga kiritdi — 3:2.

Ushbu g‘alaba so‘ng “Qiziqum” 26 ochko bilan turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. “Buxoro” esa 34 ochko bilan 4-pog‘onadan joy olgan.

“Qizilqum” 21-tur doirasida “Dinamo” maydoniga safar qiladi. “Buxoro” esa “Navbahor” jamoasi bilan bahs olib boradi.

O‘zbekiston Superligasi, 20-tur

“Qizilqum” — “Buxoro” 3:2Gollar: 1:0 — Muxtorov, avtogol (40), 2:0 — Jigauri (52), 3:0 — Jo‘raqo‘ziyev (64), 3:1 — Esanov (73), 3:2 — Kachavara (77).

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar