Navoiy viloyatining Uchquduq hamda Buxoro viloyatining Olot tumanlarida nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, reyd davomida fuqarolar R.E. va K.F. tomonidan “UAZ” rusumli avtomashinada Uchquduq tumani, “Shalxar” OFY cho‘l hududidan saksovul butalari sindirib olib ketilayotganligi aniqlandi.
Natijada tabiatga 10,5 mln so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 18 mln 750 ming so‘m jarima belgilandi. Ular jami 29 million 250 ming so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.
Buxoro viloyatining Olot tumanidagi reyd davomida esa saksovulga shikast yetkazganlar aniqlanib, huquqbuzarlarga qariyb 14 million 625 ming so‘m jarima belgilangan.
Noqoqnuniy ov bilan qilib yurgan huquqbuzarlar javobgarlikga tortildi.
Buxorodagi saksovul o‘g‘rilariSentyabr oyida Buxoro viloyati Jondor tumanida saksovul butalarini sindirgan fuqaroga jarima qo‘llanilgan edi. Fuqaroga nisbatan 9 452 000 so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar qo‘llanilgandi.
Shuningdek, Buxoro viloyatida sentyabr—oktyabr oylari davomida saksovul bilan bog‘liq 25 ta huquqbuzarlik aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Mazkur davrda 25 ta holatda tabiatga 29 million 702 ming 400 so‘m zarar yetkazilgani hisoblangan va 222 million 900 ming so‘m jarima tayinlangan. Huquqbuzarlar jami 252 million 602 ming 400 so‘m tovon to‘lashlari belgilangan.
Avvalroq, Buxorodagi cho‘llardan saksovul sindirib olib ketayotgan shaxslarga qariyb 40 mln so‘m jarima belgilangandi.








