Daryo

Toshkentda noqonuniy reklama bannerlari demontaj qilindi

Noqonuniy tashqi reklamalarni olib tashlash bo‘yicha reydlar o‘tkazildi

1 daqiqa o‘qish13 120 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning bir qator tumanlarida noqonuniy tashqi reklamalarni olib tashlash bo‘yicha reydlar o‘tkazildi.

Foto: Yakkasaroy tumani hokimligi

Xususan, Mirobod hokimligi mutasaddilari ishtirokida bugun olib borilgan reyd tadbirlarida Nukus, Shahrisabz, Farg‘ona yo‘li va boshqa qator ko‘chalarda joylashgan ko‘p qavatli uylarning fasad qismi, piyodalar yo‘laklarida o‘rnatilgan 120 dan ortiq noqonuniy reklama va turli e’lonlar bannerlari demontaj qilindi.

Yakkasaroy tumanidagi reydda Bobur va Nukus ko‘chalarida joylashgan 16 qavatli ko‘p qavatli uyning fasad qismiga joylashtirilgan reklama banneri tegishli soha mas’ullarining xulosasiga asosan bartaraf etildi.

Chilonzor tumanida ko‘chalar va katta yo‘llar chekkalariga o‘rnatilgan noqonuniy reklama bannerlarini bartaraf etish ishlari olib borildi. Xususan, tumanning Arnasoy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning oldi tomoniga osib qo‘yilgan noqonuniy reklama bannerlari olib tashlandi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida ham noqonuniy reklama bannerlarini demontaj qilish yuzasidan reydlar o‘tkazildi.

2024-yilning iyulida Toshkent shahrida noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) majburiy tartibda demontaj qilinishi bo‘yicha poytaxt hokimi qarori qabul qilingandi. Unga ko‘ra, noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlarini demontaj qilish ishlari 2024-yil 31-dekabrga qadar yakunlanadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar