Daryo

Livan Isroil chegarasidagi “Hizbulloh” postlarini olib tashlamoqda

Isroil va “Hizbulloh” urushi sulh bilan tugaganidan beri Livan armiyasi chegarada o‘z kuchlarini 10 ming askargacha oshirdi.

1 daqiqa o‘qish2 130 ko‘rishlar0 izoh0

Livan armiyasi Isroil bilan chegaradagi ishtirokini kuchaytirib, “Hizbulloh” postlarini demontaj qilmoqda. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Litani daryosidan janubda va Isroil chegarasidan shimolda joylashgan ayrim hududlar avval “Hizbulloh”ning mustahkam qo‘rg‘oni bo‘lgan. Bu zona Livan milliy armiyasi yoki BMT tinchlikparvar kuchlari uchun yopiq edi.

Isroil–Hizbulloh urushi sulh bilan tugaganidan beri Livan armiyasi chegarada o‘z kuchlarini 10 ming askargacha oshirdi. Litanidagi 11 ta kontrabanda o‘tish punkti yopildi va juda ko‘p miqdordagi portlamagan o‘q-dorilarni zararsizlantirish boshlandi.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil noyabridagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimidan beri Isroil deyarli har kuni havo hujumlarini amalga oshirib kelmoqda. Bu hujumlar asosan “Hizbulloh” a’zolariga qaratilgan, ammo 127 nafar tinch aholi ham halok bo‘lgan.

“Hizbulloh” to‘liq qurolsizlanish masalasini muhokama qilishdan bosh tortmoqda. Ular buni Isroil zarbalari to‘xtatilmaguncha va urush paytida egallab olgan hududlardan Isroil qo‘shinlari chiqmaguncha muhokama qilmasligini aytmoqda. Avgust oyida Livan hukumati “Hizbulloh”ni qurolsizlantirish bo‘yicha AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan rejani yoqlab ovoz berdi. “Hizbulloh” esa bu rejani rad etdi.

“Livan armiyasi mintaqa tarixi uchun juda muhim bo‘lgan bu davrda ulkan ishlarni amalga oshirmoqda”, dedi Litani daryosining janubidagi sektor qo‘mondoni brigada generali Nikolas Tabet.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar