Daryo

Navoiyda “Muruntov” podstansiyasining sifatsiz bajarilgan betonlari buzdirildi

Obyektning tarmoq kabellari uchun quyilgan quyma temir beton ishlari sifatsiz bajarilgani va qurilish materiallarining sertifikatlari nazorat davri mobaynida to‘liq yuritilmagani ma’lum bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish7 234 ko‘rishlar0 izoh0

Qurilish inspeksiya buyurtmachi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan qurilayotgan Muruntov 500/220 kw podstansiyasining qurilish jarayonini o‘rganildi. Bu haqda Qurilish vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

Aytilishicha, obyektning tarmoq kabellari uchun quyilgan quyma temir beton ishlari sifatsiz bajarilganligi va qurilish materiallarining sertifikatlari nazorat davri mobaynida to‘liq yuritilmagani ma’lum bo‘lgan.

Ushbu qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi-pudrat tashkilotining texnik va ichki nazoratchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, loyiha talablari asosida bajarilmagan beton ishlari buzdirilgan.

Avvalroq Samarqand davlat chet tillar instituti hududida qurilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joy binosi sifatsiz qurilayotgani sabab, qurilishi to‘xtatib qo‘yilgani xabar qilingan edi. Samarqandda yangi qurilayotgan maktabning sifatsiz devorlari buzdirilgandi.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar