Daryo

Samarqandda yangi qurilayotgan maktabning sifatsiz devorlari buzdirildi (video)

1800 o‘rinli maktab binosi qurilishida qator qoidabuzarliklar aniqlangan

1 daqiqa o‘qish31 208 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand shahrining Qorasuv massivida 1800 o‘rinli maktab binosi qurilishida qator qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Xususan, obyekt bo‘yicha qurilish ishlarini tashkil qilish loyihasi ishlab chiqilmagani sababli hududga olib kelingan qurilish materiallari tartibsiz holda saqlanayotgani aniqlangan. Shuningdek, obyektda yuritilishi kerak bo‘lgan ijro jurnallari tegishli tartibda yuritilmayotgani, foydalanilayotgan materiallarining ishlab chiqarish sertifikatlari olinmagani hamda yopma plitalar qurilish me’yorlariga amal qilinmagan holda o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi.

“Bundan tashqari, binoning ikkinchi qavat devorlariga terilgan g‘ishtlarning vertikal va gorizontal oraliq choklari qorishma bilan to‘liq to‘ldirilmagani ham aniqlandi. Umuman olganda, yuqoridagi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilishining asosiy sababi buyurtmachining texnik, loyihachining mualliflik nazorati o‘z vaqtida olib borilmaganidadir”, deydi inspeksiya ma’sul xodimi Sarvar Bobonazarov.

Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan bajaralishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan, sifatsiz bajarilgan ishlar joyida demontaj qildirilgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar