Daryo

Sirdaryoda 13 yashar bola qarindoshi qotiliga aylandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish46 902 ko‘rishlar0 izoh0

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 13 yoshli bola qotillikka qo‘l urgan. U qarindoshini pichoqlagan. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi “Qarapchi” mahallasida yashovchi 13 yoshli 7-sinf o‘quvchisi aqli zaif qarindoshini so‘yib tashlagan.

Voqea 2024-yilning 18-oktyabr kuni soat 16:30 da hududdagi dala maydonida sodir bo‘lgan. 

Qarindoshini o‘ldirgan bola IIBga qarashli voyaga yetmaganlarni vaqtinchalik saqlash maskanida saqlanmoqda. 

Bosh prokuratura axborot xizmatining voqeani “Daryo”ga tasdiqlashicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar