Daryo

Sirdaryodagi bog‘chada bolaga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan tarbiyachilar ishdan haydaldi

Tarmoqlarda tarqalgan videoda ikki nafar tarbiyachi bolani kechirim soʻrashga majburlayotganini, u esa qoʻrquvdan yigʻlayotganini eshitish mumkin.

1 daqiqa o‘qish2 428 ko‘rishlar0 izoh1

Sirdaryoda bolaga shafqatsiz munosabatda boʻlgan ikki nafar tarbiyachi ishdan olindi. Ushbu vaziyat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda tarbiyachilar bir bolaga baqirib, uni kechirim soʻrashga majbur qilayotganini, bola esa yigʻlab uzr soʻrayotganini eshitish mumkin.

Qayd etilishicha, ushbu holatda Oqoltin tumanidagi “Shodlik” nomli DXSH tarbiyachisi N.A. mashgʻulot vaqtida tarbiyalanuvchiga nisbatan nooʻrin soʻzlar ishlatgan va pedagog etikasiga zid xatti-harakat sodir etgan.

Tegishli choralar koʻrilib, ikki nafar tarbiyachi bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi, deyiladi boshqarma munosabatida.

Shu bilan birga, voqea yuzasidan maktabgacha taʼlim tizimida pedagoglarning axloqiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilangan.

Toshkent viloyatining bir qator bogʻchalarida bolalar zaharlanishi bilan bogʻliq holat yuzasidan 7 kishi qamoqqa olingandi. Ularning 2 nafari bolalar zaharlanishiga sabab boʻlgan mahsulot ishlab chiqaruvchilari boʻlsa, qolganlari autsorsing bilan shugʻullangan kompaniya vakillari boʻlgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar