Daryo

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘chalardan biri qariyb 2 oyga yopiladi

Bunga ko‘chaning 7/24 tizimiga aylantirilishida olib boriladigan taʼmirlash ishlari sabab bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish6 002 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi 18-oktyabrdan 20-dekabrgacha avtomashinalar harakati uchun yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Foto: Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi

Maʼlum qilinishicha, bunga ko‘chaning 7/24 tizimiga aylantirilishida olib boriladigan taʼmirlash ishlari sabab bo‘ladi.

Ushbu davr davomida ko‘chaning infratuzilmasi o‘zgarib, aholiga, yo‘lovchilarga va shaharsozlik normalariga to‘la mos tushadigan maskanga aylanadi.

2 oy mobaynida “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan, “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining Istiqlol ko‘chasiga qadar qismi avtoulovlar harakati uchun yopiq bo‘ladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar