Daryo

Toshkentdagi ko‘chalardan biri 5 kunga avtomashinalar harakati uchun yopiladi

Bunga qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish6 427 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahar, Yashnobod tumanining Ohangaron shoh ko‘chasi 25-iyun soat 00:00 dan transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Maʼlum qilinishicha, bunga qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi. Cheklov 1-iyulgacha amal qiladi.

  • Yo‘lning yopiladigan qismi: Temur Malik—Parkent—Maxtumquli ko‘chalari aylanma harakatidan, TXAY —Ohangaron shoh ko‘chalari aylanma harakatigacha. 

Haydovchilarga Bektemir shoh ko‘chasi, Farg‘ona yo‘li, Maxtumquli va Yangi O‘zbekiston ko‘chalaridan harakatlanish tavsiya etilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar