Daryo

Toshkentdagi ayrim yo‘llar avtomashinalar harakati uchun vaqtincha yopildi

Bunga yo‘llarda eskirgan issiqlik quvurlarini almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish3 920 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahar Yunusobod tumanining Asomov ko‘chasi (KHAY)dagi yo‘lning bir yo‘lagi 10-apreldan 6-maygacha yopiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

Foto: Veolia Energy Tashkent

Maʼlum qilinishicha, bunga yo‘lda umumiy uzunligi 560 metr, diametri 800 mm bo‘lgan eskirgan issiqlik quvurlarini almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.

Foto: Veolia Energy Tashkent

Shuningdek, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi chorrahasidan Cho‘pon ota chorrahasigacha bo‘lgan KHAY yo‘nalishida joylashgan yo‘l 10-apreldan 22-aprelgacha yopiladi. 

Foto: Veolia Energy Tashkent

Ushbu hududda diametri 400 mm bo‘lgan, umumiy uzunligi 782 metrni tashkil etuvchi eskirgan issiqlik quvurlarini almashtirish ishlari olib boriladi. 

Foto: Veolia Energy Tashkent
“Yo‘l marshrutini rejalashtirayotganda bunga eʼtiborga olishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Foto: Veolia Energy Tashkent
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar