Daryo

Toshkentdagi ko‘chalardan biri 2 kunga yopildi

Bunga Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilish-ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish3 534 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahar Kichik halqa avtomobil yo‘lining Oqqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasidan Katta Darxon ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi transport vositalari uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Cheklov 22-may soat 15:00 dan 24-may soat 06:00 gacha amal qiladi.

Bunga Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilish-ta‘mirlash ishlari sabab bo‘ladi. 

Ko‘rsatilgan davr mobaynida muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etilgan.

Avtomashinalar harakati cheklanayotgan ko‘chalar

Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi ko‘cha yarim yilga yopilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Ziyolilar ko‘chasining Do‘rmon yo‘li ko‘chasi kesishmasidan Qalandar ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi 17-may soat 22:00 dan 19-may soat 08:00 gacha transport vositalari harakati uchun yopiladi.

Bundan tashqari, Kichik halqa avtomobil yo‘lining Chingiz Aytmatov ko‘chasi kesishmasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi 17-may soat 22:00 dan 21-may soat 06:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar