Daryo

Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish9 960 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, “Qoratikan” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-79 Qarshi—Chim—Chiroqchi—Shahrisabz avtomobil yo‘lining 25 kilometrida 7-oktyabr kuni soat 14:20 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Qashqadaryo IIB YHXB xabar berdi.

Foto: Qashqadaryo IIB YHXB

Maʼlum qilinishicha, haydovchi B.T. boshqaruvida bo‘lgan Mersedes-Benz avtomobili Chim—Qarshi yo‘nalishida boshqarib kelib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan, haydovchi Q.S. boshqaruvidagi Labo bilan urilgan.

Hodisa oqibatida Labo avtomashinasida bo‘lgan 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.

Qashqadaryoda ikki avtomobil to‘qnashuvidan to‘rt kishi vafot etgani, Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi vafot etgani xabar qilingandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar