Daryo

Toshkent viloyatida qariyb 275 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi

1 daqiqa o‘qish4 472 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyatida tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati

Maʼlum qilinishicha, Yangiyo‘l tumanida faoliyat yuritayotgan “L.N.G.” MCHJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexi elektr qurilmalarini tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Natijada dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 274,9 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Bundan oldin Toshkent shahar Yangihayot tumanida mayning ferma tashkil etgan xonadon aniqlangani, Samarqandda mayning ferma tashkil etgan shaxs 91 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar