Daryo

Samarqandda 2,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

Fuqaro o‘z xonadonida 5 ta mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.

1 daqiqa o‘qish3 379 ko‘rishlar0 izoh1

Samarqand shahrida 2,2 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi.

“Oʻzenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi departament hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida fuqaro N.S.ga qarashli xonadonda 5 ta mayning qurilmasi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik oqibatida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2 milliard 295 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

O‘zbekistonda mayning faqat yuridik shaxslar tomonidan va asosan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Yagona elektr tarmog‘iga ulanish mumkin, biroq bunda elektr energiyasi uchun ikki baravar tarif qo‘llanadi.

Elektr energiyasidan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish esa o‘g‘rilik deb belgilangan. Umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini hisobga olish asboblariga, shu jumladan, ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan talon-toroj qilish o‘g‘rilik deb belgilanadi hamda mazkur huquqbuzarlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar