Daryo

Isroil “Hizbulloh” logistika rahbarini o‘ldirganini e’lon qildi

Husayniy Erondan qurol-yarog‘larni “Hizbulloh”ga yetkazib berishda hal qiluvchi rol o‘ynagan

1 daqiqa o‘qish7 497 ko‘rishlar0 izoh0

Livan poytaxti Bayrutga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida Erondan “Hizbulloh” guruhiga qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan Suhayl Husayn Husayniy halok bo‘ldi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari xabar berdi.

Foto: Reuters

Husayniy Eron va “Hizbulloh” o‘rtasida qurol-yarog‘ o‘tkazilishida hal qiluvchi rol o‘ynagan hamda “Hizbulloh” bo‘linmalari o‘rtasida zamonaviy qurol-yarog‘larning taqsimlanishiga masʼul bo‘lgan. Qurollarning tashilishi va tarqatilishini nazorat qilgan.

Isroil armiyasiga ko‘ra, Husayniy “Hizbulloh” guruhining eng muhim loyihalari uchun byudjet va logistikaga mas’ul bo‘lgan. U Livan va Suriyadan Isroil davlatiga qarshi hujumlarni muvofiqlashtirgani aytilmoqda. “Hizbulloh” guruhi bu borada hali rasmiy ma’lumot bermagan.

“Hizbulloh” rahbariyatini yo‘q qilish

Sentyabr oyi o‘rtalarida Livanda “Hizbulloh” tezkor aloqa uchun foydalanadigan peyjerlar va ratsiyalar portlashi sodir bo‘ldi. 27-sentyabr kuni kechqurun Isroil armiyasi Bayrutning janubiy chekkasida “Hizbulloh” shtabiga havo hujumi uyushtirib, “Hizbulloh”ga 30 yildan ortiq rahbarlik qilgan guruh rahbari Hasan Nasrullohni o‘ldirdi.

Nasrulloh bilan birga uning qizi Zaynab, harakatning bir qator yuqori martabali a’zolari, shuningdek, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi general-mayori Abbos Nilforushon o‘ldirildi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar