Daryo

“Hizbulloh” dronlar bilan Isroil bazasiga hujum qildi (video) 

Dronlar askarlar ovqatlanayotgan oshxonani nishonga olgani aytilmoqda. Qurbonlar bor

1 daqiqa o‘qish21 131 ko‘rishlar0 izoh0

Livanning “Hizbulloh” guruhi 13-oktyabr kuni tunda Isroildagi harbiy bazaga dronlar bilan hujum qildi. Oqibatda to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Foto: AFP

Ma’lum qilinishicha, Binyamin shahridagi bazaga hujumda 70 dan ortiq odam jarohatlangan, yetti nafar askarning ahvoli og‘ir. “Hizbulloh” hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Bu Isroilning Livan janubi va Bayrutdagi hujumlariga javob tariqasida amalga oshgan. “Hizbulloh” bazaga “dronlar to‘dasi” hujum qilganini bildirgan. 

Ta’kidlanishicha, dronlar o‘nlab askarlar ovqatlanayotgan o‘quv bazasining oshxonasini nishonga olgan. U oshxona tomini teshib o‘tib, askarlar orasida portlagan. Dastlabki tergov ma’lumotlarida “Hizbulloh” O‘rta Yer dengizi tomonidan ikkita “Mirsad” rusumli dron uchirgani aytilgan. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar