Daryo

Isroil Livanga ommaviy ravishda zarba bera boshladi (video)

Yahudiy armiyasi hujumdan oldin Livandagi to‘rtta qishloqni evakuatsiya qilishga chaqirdi.

1 daqiqa o‘qish8 129 ko‘rishlar1 izoh2

Isroil rasmiylari 5-yanvar kuni Livanga ommaviy ravishda hujum qilishga kirishdi. Zarba berishdan oldin esa Livan sharqi va janubidagi to‘rtta qishloqni evakuatsiya qilish to‘g‘risida buyruq chiqarildi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) hujumlarda Livandagi “Hizbulloh” va HAMAS guruhlariga tegishli obyektlar nishonga olinganini ma’lum qildi. Hujum oldidan berilgan e’londa tinch aholiga zarbalar berilishi kutilayotgani, ushbu ikki “terrorchi guruh” tomonidan foydalanilayotgan obyektlar yaqinidagi binolarni tark etish buyurilgani aytiladi.

Yahudiy harbiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, askarlar Livan sharqidagi Bekaa vodiysida joylashgan Hammara va Ayn at-Tina, shuningdek, janubdagi Kfar-Xatta va Aanan qishloqlaridagi “Hizbulloh” va HAMASga tegishli harbiy infratuzilma nishonga olingan.

Uzoq davom etayotgan urush

Isroilning Livanga hujumlari 2023-yil oktyabr oyida boshlangan bo‘lib, 2024-yil sentyabr oyiga kelib keng ko‘lamli urushga aylanib ketgan. Harbiy harakatlar davomida 4 000 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, qariyb 17 000 kishi jarohatlandi.

Tomonlar o‘rtasida 2024-yil 27-noyabrda kelishuv imzolanganiga qaramay, Isroil uni minglab marta buzganlikda ayblanmoqda. Yahudiy davlati 2023-yil 8-oktyabrdan keyin Livanda egallab olingan beshta tepalikni hamon ishg‘ol ostida ushlab turibdi va o‘n yillardan buyon o‘z nazoratida bo‘lgan bir qator hududlarda harbiy ishtirokini saqlab qolmoqda.

Qurbonlar soni ortmoqda

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, otashkesim kuchga kirgan 2024-yil 27-noyabrdan 2025-yil 20-noyabrgacha bo‘lgan davr mobaynida Isroilning kelishuvni buzib amalga oshirgan hujumlari oqibatida 331 kishi halok bo‘lgan va 945 kishi jarohatlangan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar