Daryo

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentini tug’ilgan kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbarlari mintaqada yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashdi

1 daqiqa o‘qish14 796 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar, birodar tojik xalqiga farovonlik va ravnaq tilagan.

Prezidentlar O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlardan kelib chiqqan holda rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish maqsadida yaqin idoralararo hamkorlik va faol almashinuvlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari mintaqada yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar