Daryo

Shavkat Mirziyoyev Olmaotaga tashrif buyurdi

Davlat rahbarini Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev kutib oldi

1 daqiqa o‘qish6 801 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Olmaota shahriga keldi.

Foto: President.uz

Davlat rahbarini Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev kutib oldi. O‘zbekiston yetakchisi tashrifi sharafiga faxriy qorovul saflandi va ikki mamlakat bayroqlari ko‘tarildi.

Foto: President.uz

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazadilar. Kun tartibidan savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari o‘rin olgan.

Foto: President.uz

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar