Daryo

O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari “Medeu” tog‘-chang‘i klasterini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyevga sel-suv toshqinlaridan himoya qilish maqsadida dengiz sathidan 1750 metr balandlikda barpo etilgan “Medeu” to‘g‘onining yaratilish tarixi va arxitekturaviy xususiyatlari haqida so‘zlab berildi

1 daqiqa o‘qish7 344 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev “Medeu” tog‘-chang‘i klasteriga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyevga sel-suv toshqinlaridan himoya qilish maqsadida dengiz sathidan 1750 metr balandlikda barpo etilgan “Medeu” to‘g‘onining yaratilish tarixi va arxitekturaviy xususiyatlari haqida so‘zlab berildi.

Foto: President.uz

“Medeu” to‘g‘onining tepasiga 842 pog‘onadan iborat “Salomatlik zinapoyasi” olib boradi. 2011-yilda to‘g‘on yonida “Shimbuloq” tog‘-chang‘i maskaniga eltuvchi 4,5 kilometr uzunlikdagi dor yo‘li qurilgan.

“Medeu” sport majmuasi 1972-yilda barpo etilgan bo‘lib, dengiz sathidan 1700 metr balandlikda joylashgan.

Majmua muz maydonining yuzasi 10,5 ming kvadrat metr bo‘lib, bir vaqtda 3 ming nafargacha kishini qabul qila oladi. Har yili unga 400 mingdan ortiq mehmon tashrif buyuradi.

Foto: President.uz

Bugungi kunda majmua sport, turizm va madaniyat klasteri sifatida faoliyat yuritmoqda. Sport musobaqalari, ommaviy konki uchish, madaniy tadbirlar, festivallar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

2011-yilda bu yerda VII qishki Osiyo o‘yinlari, 2017-yilda Butunjahon Universiada musobaqalari o‘tkazilgan.

Tanishuv chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari yosh figurali uchuvchilarning ko‘rgazmali chiqishlarini tomosha qildi.

Foto: President.uz

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar