Daryo

Andijondagi “moyka” 286 mln so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi 

Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

1 daqiqa o‘qish20 360 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon shahrida 286,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan avtomobillarni yuvish shoxobchasi aniqlandi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti axborot xizmati. 

Foto: Prokuratura departamenti axborot xizmati

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon shahar bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro R.M. “Z.h.” MCHJga qarashli “Jumabozor” MFY hududida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 286,3 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan avval Andijon viloyatida uchta isteʼmolchi 1 milliard 710 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Shuningdek, Toshkent va Namangan viloyatlarida elektrdan noqonuniy foydalanganlar 750 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazgani, Farg‘onada 301 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan xususiy korxona aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar