Daryo

Toshkent va Namangan viloyatlarida elektrdan noqonuniy foydalanganlar 750 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi 

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

1 daqiqa o‘qish33 460 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent va Namangan viloyatlarida elektrdan noqonuniy foydalanganlar 750 million so‘mdan ziyod zarar yetkazdi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti axborot xizmati. 

Foto: Prokuratura departamenti axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, holatlardan biri Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. “F-R.” MCHJ rahbari X.R. “Ma’naviyat” MFY hududidagi ishlab chiqarish sexining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir o‘tkazib, tijorat maqsadida jami 647,6 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Shu kabi departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Yo.Sh.” fermer xo‘jaligi rahbari K.Y. 2 dona suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 118,1 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar