Toshkent shahrida 9-sentyabr kuni soat 05:45 da 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Zilzia episentri Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani. Zilzila koordinatalari: 41,33 gradus shimoliy kenglik; 69,38 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=3,6. Chuqurlik 5 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 10 km shimoliy-sharqda joylashgan. Tumanlarda sezilish kuchi quyidagicha:
- Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 ball, 2 km.
- Mirobod tumanida 2 ball, 5 km.
- Shayxontoxur tumanida 2 ball, 6 km.
- Yashnabod tumanida 2 ball, 6 km.
- Olmazor tumanida 2 ball, 7 km.
- Yakkasaroy tumanida 2 ball, 7 km.
- Chilonzor tumanida 2 ball, 9 km.
Izoh (0)