Daryo

Jizzaxda o‘t o‘chirish mashinasi va ikkita Nexia ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Maxsus texnika avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirayotgan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish13 869 ko‘rishlar0 izoh0

Jizzax viloyatida beshta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, 15-yanvar kuni soat 06:50 larda M-39 xalqaro yo‘lida Samarqand—Toshkent yo‘nalishida harkatlanayotgan Nexia mashinasi Sharof Rashidov tumani hududida muzlama tufayli yo‘lning harakatlanish qismida to‘xtab qolgan.

Shu paytda u bilan bitta yo‘nalishda kelayotgan Howo rusumli yuk mashinasi Nexia’ning orqa qismidan urgan. Oqibatda Nexia’da yong‘in kelib chiqqan. Yong‘inni bartaraf etish uchun FVB o‘t o‘chirish bo‘linmasi yetib kelgan. Bo‘linma vaqtni tejash maqsadida yo‘lning ushbu qismda to‘xtagan va qarama-qarshi tomonida yo‘lning harakatlanish qismida to‘xtab yonayotgan mashinadagi olovni o‘chirishga uringan.

Shu paytda o‘z yo‘lidan harakatlanib kelayotgan Nexia va Nexia-3 o‘t o‘chirish mashinasiga kelib urilgan.

Hodisada hech kim og‘ir tan jarohati olmagan. Hozirda hodisa yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijon viloyati Shahrixon tumanida Cobalt mashinasi yonib ketgani, Andijonda yo‘l chetida turgan Nexia’da yong‘in chiqqani, Qamchiq dovonida lak-bo‘yoq ortilgan yuk mashinasi yonib ketishi oqibatida bir necha kishi jabrlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Qashqadaryoda Damas bilan to‘qnashgan Captiva yonib ketgandi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar