Hindistonda Eris nomli koronavirusning yangi subvariantini yuqtirish holatlari aniqlandi. Bu haqda The Economic Times xabar berdi.

Hozirda mazkur kovid turi Buyuk Britaniyada keng tarqalmoqda. EG.5.1 shtammi koronavirusning omikron turidan kelib chiqqan bo‘lib, u birinchi marta 2023-yilning martida aniqlangan, iyul oyida esa Britaniyada qayd etilgan.
Dastlab shtamm xavotirga sabab bo‘lmagan, ammo uning tarqalish tezligi, kasallanganlar sonining ko‘payishi buning aksini ko‘rsatmoqda.
Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, o‘tgan sutka davomida mamlakatda 54 ta yangi koronavirus tashuvchisi aniqlangan, oqibatda butun mamlakat bo‘ylab kasallanganlar soni 1574 nafarga yetgan.