OpenAI ChatGPT chatboti uchun foydalanuvchilarga dialoglar nusxalarini boshqa odamlarga yuborish imkonini beruvchi yangi funksiyani taqdim etdi. Bu haqda ZDNet portali xabar bermoqda.
ChatGPT veb-versiyasi foydalanuvchisi “o‘zaro yozishmalari”ni almashish uchun chatlar ro‘yxatining yon menyusida joylashgan “Ulashish” tugmasini bosishi kerak. Havolani yaratishdan oldin siz foydalanuvchi nomini ko‘rsatishingiz yoki suhbatni anonim qilishingiz mumkin.
Havolani oluvchi foydalanuvchi va chatbot o‘rtasidagi to‘liq suhbatni ko‘ra oladi. Yozuvlarni ko‘rish uchun ChatGPT’da ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Agar foydalanuvchining chatbotda o‘z akkaunti bo‘lsa, u muloqotni davom ettirishi mumkin, lekin o‘z nomi bilan.
Shuningdek, agar foydalanuvchi havolani yuborganidan keyin davom etsa, muloqot oynasi avtomatik ravishda yangilanmasligi qayd etilgan. Chatning yangilangan versiyasini ulashish uchun siz qayta yangi havola yuborishingiz kerak.
Chatni almashish imkoniyati ChatGPT’ning bepul tarifi foydalanuvchilari va veb-versiyasidagi pullik obunachilar uchun mavjud. Bu funksiya yaqin kelajakda iOS uchun ChatGPT mijoziga integratsiya qilinishi kutilmoqda.