Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni “2023-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda e’lon qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qaror Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram deb e’tirof etilgan Navro‘zning ma’naviy hayotdagi o‘rni va ta’sirini inobatga olib, ushbu ayyomni milliy qadriyat va urf-odatlarga uyg‘un tarzda, har tomonlama munosib darajada nishonlash maqsadida qabul qilingan.

Hujjat ko‘ra, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturi va ssenariysini ishlab chiqadi.

Mazkur konsert tomoshasini tajribali ssenarist va rejissorlar, kompozitor va bastakorlar, baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh ijrochilar, folklor san’ati vakillarini jalb etgan holda yuqori badiiy saviyada tayyorlash choralari ko‘riladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi