O‘zbekistonda 2022-yilda 102 xizmatiga 3 millionga yaqin qo‘ng‘iroq bo‘ldi
O‘zbekistonda 2022-yilda 102 tizimi Call-markazlariga 2 million 864 ming 778 ta qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi Call-markazlar 2020-yil sentyabr oyidan 2021-yil yakuniga qadar uch bosqichda ishga tushirilgan. 2022-yil yakuni bo‘yicha 102 Call-markazi tomonidan qabul qilingan qo‘ng‘iroqlar soni – 2 million 864 ming 778 tani tashkil etgan.
102 tizimi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va geoaxborot tizimlari bilan jihozlangan. Tizim yagona klaster va platformaga birlashtirilgan. Axborot xavfsizligi ta’minlangan bo‘lib, domen nazorat tizimi bilan dasturiy-texnik himoyalangan.
Tizimga nafaqat huquqbuzarlik va jinoyatlar, balki ko‘makka muhtoj shaxslar, xususan, qariyalar ham qo‘ng‘iroq qilib turadi. Bunday vaziyatda xabarlar manzil bo‘yicha profilaktika inspektorlariga yetkaziladi va zaruriy yordam amalga oshiriladi.