Noyabrda O‘zbekiston bo‘yicha eng kam nikohdan ajralish holati Navoiyda qayd etildi
Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning noyabr oyida respublika bo‘yicha 4 123 ta nikohdan ajralish holatlari FHDY organlarida qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 959 taga ko‘paygan. Hududlar kesimida ajralishlar soni:
- Qoraqalpog‘iston – 192 ta;
- Andijon viloyati – 486 ta;
- Buxoro viloyati – 206 ta;
- Jizzax viloyati – 178 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 272 ta;
- Navoiy viloyati – 129 ta;
- Namangan viloyati – 366 ta;
- Samarqand viloyati – 385 ta;
- Surxondaryo viloyati – 268 ta;
- Sirdaryo viloyati – 154 ta;
- Toshkent viloyati – 448 ta;
- Farg‘ona viloyati – 528 ta;
- Xorazm viloyati – 227 ta;
- Toshkent shahri – 558 ta.
- O‘zbekistonda 9 oyda qariyb 35 mingta nikohdan ajralish holati qayd etildi
- O‘zbekistonda avgust oyida 4123 ta nikohdan ajralish holati qayd etildi
- O‘zbekistonning qaysi hududida ajralishlar soni ko‘pligi ma’lum qilindi
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar