Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo” internet-nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda “Mahalla. Muammo. Mulohaza” loyihasini taqdim etib kelmoqda. Loyihaning 9-soni mavzusi “Toshkent yashash uchun qulaymi?” bo‘lib, dastur mehmoni sifatida Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev taklif etildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Doniyor G‘aniyevning ta’kidlashicha, shahardagi rivojlanish, qurilishlar fonida Toshkentning eski qiyofasi yo‘q bo‘lib ketyapti.

Toshkent — juda go‘zal shahar. Millionlab odamlar bu yerda ishlaydi, yashaydi, o‘qiydi. Biz hammamiz Toshkentni sevamiz. Lekin havotirli masala shuki, go‘yoki biz yoshligimizda ko‘rib, sevib katta bo‘lgan Toshkentni yo‘qotayotgandek tuyuladi. Ya’ni, kundan-kunga Toshkent biz bilganidan farqli bo‘lib ketyapti.

Bir tomondan, rivojlanish bo‘lyapti, baland-baland, osmono‘par binolar qurilyapti, zamonaviy savdo markazlari paydo bo‘lyapti, to‘g‘ri. Ammo boshqa tomondan, bu shaharga qandaydir ijtimoiy zo‘riqish olib kelganini ham ko‘ryapmiz. Infratuzilma, jamoat transporti va eng asosiysi, yashillik nuqtayi nazardan, afsuski, holat yomonlashsa yomonlashdiki, yaxshilanmadi.

Ayniqsa, yashillikka alohida urg‘u bermoqchiman. Toshkent nafaqat O‘zbekiston, balki O‘rta Osiyodagi eng yashil, bog‘larga, sun’iy ko‘llarga boy shahar edi. Lekin so‘nggi 10 yillikda biz mana shuni yo‘qotyapmiz. Xuddi shaharning rivojlanishi evaziga daraxtlarni qurbon qilayotgandekmiz. Davlat organlaridagi insonlar rivojlanish belgisi deb osmono‘par, baland binolarni tushunadigandek taassurot uyg‘otyapti. Dubaydagidek katta inshootlar, uzun yo‘llar qurilsa, bu shaharning boyligining, rivojlanganining belgisi sifatida tushunishyapti. Bu juda katta xato, — deydi deputat.

Ko‘rsatuvni to‘liq tarzda “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
Dunyo
“Ikkinchi Chernobil” — Dunaydagi ekologik halokat, qimmatbaho kartinalar ortilgan Boeing’ning bedarak yo‘qolishi va Gandiga uyushtirilgan suiqasd. Kun xronologiyas...
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?