O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i noyabrda arzonlashdi, lekin 2021-yilga nisbatan qimmatlashgan
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning noyabr oyida o‘simlik yog‘i narxlari oktabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 2,5 foizga arzonlashdi.
Shuningdek, o‘simlik yog‘i yil boshidan buyon o‘rtacha 9,3 foizga oshgani kuzatilgan. Narxlar 2021-yilning mos oyiga nisbatan, ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 9,5 foizga qimmatlashgan.
Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qilgandi. Unda 30-noyabr holatiga ko‘ra o‘simlik yog‘ining 1 litri 16 500 – 30 000 oralig‘ida sotilgani keltirilgan.
Mavzuga doir:
- Kartoshka, piyoz, tuxum qimmatladi. O‘zbekiston bozorlarida oziq-ovqat narxlari e’lon qilindi
- O‘zbekistonda 23 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari uchun bekor qilingan import boji muddati uzaytirildi