Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sudyalar assotsiatsiyasining 26-noyabr kuni o‘tkazilgan VI syezdida Qashqadaryo viloyat sudi raisi A.Mahkamov tomonidan o‘tgan 9 oyda viloyat sudlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning 65 foizdan ortig‘i ijro etilmagani haqida ommaviy axborot vositalariga ma’lumot berilgan. Holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, byuro organlarida ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobi Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasida (MIB portal dasturi) yuritiladi. Sudlarga dastur orqali yuborilgan ijro hujjatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ijro harakatlari, shu jumladan, qabul qilingan qarorlarni onlayn monitoring qilish imkoni yaratib berilgan.

Dasturdagi ma’lumotlar tahlil qilinganda o‘tgan 9 oyda Qashqadaryo viloyatidagi sudlar tomonidan onlayn tarzda yuborilgan 140 266 ta ijro varaqalari bo‘yicha ijro ishlari yuritilib, shundan 86 323 tasi yoki 61,5 foizi tamomlangan. Shu bilan birga, 4734 tasi davriy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi (alimentlar undirish, sog‘liqqa shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni qoplash to‘g‘risidagi va shu kabi ishlarga doir) ijro hujjatlari bo‘lgani sababli amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tamomlash davlat ijrochilariga bog‘liq bo‘lmagan.

Qonun hujjatlariga muvofiq, 9 614 ta ijro hujjati bo‘yicha qarzdorning mol-mulki bo‘lmagani yoki mol-mulki yetarli bo‘lmagani sababli undiruv qarzdorlarning ish haqi yoxud boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlariga qaratilgan va tushgan mablag‘lar belgilangan tartibda undiruvchilarga o‘tkazilmoqda. Qoldiqdagi boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlarning 61 263 ta ko‘chmas mulki hamda 67 421 ta avtotransport va maxsus texnikasiga taqiq qo‘yilib, realizatsiya qilish choralari ko‘rib borilmoqda.

Davlat ijrochilarida ish yuklamasi ko‘p. Biroq bu sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etilmasligiga bahona bo‘la olmaydi. Byuro organlarida ish hajmini asos qilib, xodimlar sonini ko‘paytirishga emas, ijro jarayonini raqamlashtirish orqali ijro samaradorligini oshirishga qaratilmoqda. Buning uchun ijro hujjatlar yurituvi, aylanmasi va ijro etish bosqichlari elektron tarzda 35 ta tashkilotning 63 ta yo‘nalishdagi axborot tizimlariga integratsiya qilingan “MIB portal” dasturi orqali amalga oshirilmoqda, — deyiladi bayonotda.
Dastur orqali ijro hujjatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri sud va boshqa organlardan qabul qilish, mol-mulkni qidirish, taqiqlarni qo‘yish va yechish, tomonlarga xabarnomalar yuborish, pul mablag‘larini taqsimlash, inkasso qo‘yish, mol-mulkni auksionga chiqarish va baholashga yuborish kabi harakatlar faqat elektron tarzda amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, dastur yordamida mol-mulki mavjud bo‘lmaganini vaji bilan ijro hujjatlarini asossiz ravishda tamomlash holatlariga to‘liq chek qo‘yilgan. Byuro shu o‘rinda Qashqadaryo viloyat sudi raisi A.Mahkamov tomonidan ijro hujjatlarining 65 foizdan (9 oyda) ortig‘i ijro etilmagani haqidagi fikrlariga qo‘shilmasligini ta’kidlab o‘tgan.

Sudlarimizni ijro hujjatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ijro harakatlarini tahlil qilishda yaratilgan zamonaviy texnologiya imkoniyatlaridan foydalanishni taklif qilamiz. Har bir ijro hujjati ortida fuqarolar hamda jamiyatlarning qonuniy huquq va manfaatlari bor ekan, asosiy e’tibor uni ijro etish pirovard maqsad bo‘lib qolaveradi, — deyiladi unda.

Mazkur masala yuzasidan, shuningdek, MIB axborot xizmati rahbari Farrux Toshpulatov “Daryo”ga qo‘shimcha izoh berdi.

Uning aytishicha, Majburiy ijro byurosiga qadar bo‘lgan ijro etish sohasiga nazar solinsa, oldinlari fuqarolar ijro ishlari bo‘yicha qarzdorlik, ijro ishi yurituvi holatlari, yuzaga kelgan cheklovlar haqidagi ma’lumotlarni sud ijrochisi yoki u faoliyat olib borayotgan bo‘linmalardan olishi mumkin edi. O‘z navbatida, sud ijrochisi ham ijro harakatlari, qarzdorlar va ularga tegishli mol-mulklarni aniqlash, xatlash, cheklash, band solish va ko‘plab so‘rovlarni yozma shaklda (hujjat ko‘rishida) yuritgan.

Hozirda byuro organlari ijro samaradorligini yanada oshirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga qaratilmoqda. Byuroda ijro hujjatlari yurituvi, aylanmasi va ijro etish bosqichlari elektron tarzda “MIB portal” dasturi 35 ta tashkilotning 63 ta yo‘nalishdagi axborot tizimlariga integratsiya qilindi.

Sudlar hamda 50 dan ortiq ma’muriy organlardan ijro hujjatlari elektron tarzda qabul qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.Masalan, ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlik miqdori to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng mavjud taqiqlarni avtomat tarzda yechish va shu bo‘yicha xabardor qilish tizimi joriy etilgan.

Byuro organlarida ish hajmini asos qilib, xodimlar sonini ko‘paytirishga emas, ijro jarayonini raqamlashtirish orqali ijro samaradorligini oshirishga qaratilmoqda.

Hozirda ham IT texnologiyalari imkoniyatlari bilan:

  • “SMS-Xabarnoma” avtomat tizimi orqali qarzdorlarga har bir ijro harakatlari xabarnomalar yuborilmoqda;
  • ijro hujjatlari qarzdorliklari yuzasidan o‘z vaqtida qarzdorlarni xabardor qilish natijasida 2022-yilning 10 oyida 821 249 ta ijro hujjatlari ixtiyoriy muddatda tamomlangan (ushbu ko‘rsatkich 2020-yilda 614 131 ta va 2021-yilda 548 741 tani tashkil etgan);
  • Paynet to‘lov tizimining infokiosklari orqali qarzdorlikni tekshirish va naqd pulda to‘lash imkoni yo‘lga qo‘yildi;
  • “MIB portal” dasturi ijro hujjatlarini ham onlayn tizimida topshirilmoqda va Elektron arxiv” platformasi ishga tushirildi;
  • fuqarolarga interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi “mib.uz” android mobil ilovasi hamda maxsus “MIBUzBot” Telegram bot-kanali foydalanishga topshirilgan.
  • aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona “E-Aliment” elektron axborot tizimi joriy etildi.
Bundan tashqari, ijro tizimiga soddalashtirilgan ijro etish tartibi joriy etildi, 1-iyun kunidan ishga tushirilgan axborot texnologiyalari yordamida muqobil ravishda va masofaviy ishlaydigan 15 ta tumanlararo bo‘limlari tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilmasdan hamda fuqarolarning mol-mulklariga dahl qilmasdan 500 mingga yaqin hujjatlarning ijrosi amalda ta’minlandi.

Kelgusida sud va byuro o‘rtasida o‘rnatilgan elektron hamkorlik tizimi yanada takomillashtirish orqali sud organlarida rasmiylashtiriluvchi ijro hujjatlari yuzasidan taraflarni jismoniy va yuridik shaxslarni to‘liq identifikatsiyadan o‘tkazish, ularning manzili va boshqa ma’lumotlarni to‘g‘riligini ta’minlash, qarzdorlik summalari va mazmuni haqqoniyligini ta’minlash talablariga to‘liq rioya etgan holda hujjatlarni rasmiylashtirish rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: MIB: Ijro hujjatlarini qaytarishdan byuro organlari manfaatdor emas

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)