Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Marokash terma jamoasi JCH—2022 3-turida Kanadani yengdi (2:1) va 7 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egalladi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Atlas sherlari” guruhda Xorvatiya, Belgiya va Kanadani ortda qoldirdi.

Shu tariqa 1998-yilgi Jahon Chempionatidan keyin ilk bor Afrika jamoasi guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunladi. Fransiyadagi mundialda Nigeriya terma jamoasi Paragvay, Ispaniya va Bolgariyani ortda qoldirib, guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Marokash 1986-yildan keyin ilk bor va o‘z tarixida ikkinchi marta mundial pley-off bosqichiga chiqdi. JCH—1986 da ham Shimoliy Afrika vakili guruhda peshqadam bo‘lgandi.

Shuningdek, tarixda ikkinchi marta Afrikaning bir yo‘la ikki jamoasi mundial pley-offiga yo‘llanma oldi. Avvalroq Senegal 1/8 finalga chiqqandi. JCH—2014 da Nigeriya va Jazoir bu natijaga erishgandi. Qayd etish kerak, JCH—2022 da yana ikki Afrika jamoasi (Gana va Kamerun) guruhni muvaffaqiyatli yakunlash imkoniyatini saqlab turibdi.

Marokash 1/8 finalda Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov