Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumanining “Bog‘ishamol” ko‘chasida joylashgan bir qator bekatlarning ahvoli ayanchli ekani, yo‘lovchilar avtobus kutishlari uchun yetarli sharoit yo‘qligi to‘g‘risida xabar tarqaldi. Tuman hokimligi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, masala mutasaddilar tomonidan o‘rganildi. O‘rganishlar mobaynida haqiqatan ham ushbu manzildagi avtoshoh bekatlari tadbirkor tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingani, aholining transport vositalarini kutish uchun o‘rindiqlari yo‘qligi aniqlangan.

Mutasaddilar tadbirkor bilan mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda tushuntirish ishlari olib borib, aholi uchun tegishli normativ hujjatlarda belgilab qo‘yilgan barcha sharoitlarni yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.

“Shu bilan bir qatorda Kadastrlar agentligi Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan avtobekatlardagi o‘zboshimchalik bilan noqonuniy egallagan maydonlar, belgilangan qonun talablari asosida tegishli chora-tadbirlari amalga oshirilayotganligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
O‘rta Chirchiqda 400 nafar o‘quvchi maktab binosi olib qo‘yilgani sabab darsga borolmayotgani xabar berildi. Zoir Mirzayev holatga eʼtibor qaratdi
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)