Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston va Misr qishloq xo‘jaligi idoralari ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” xabar bermoqda

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston tomonidan qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rinbosari Alisher To‘rayev, Misr tomonidan — vazir maslahatchisi Saad Nasr boshchiligidagi guruhlar vakillari ishtirok etdi.

Tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi, o‘simliklar karantini, veterinariya, paxtachilik, urug‘chilik bo‘yicha ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borish masalalarini muhokama qildi.

Misr tomoni O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum va gilos mahsulotlari uchun mamlakat bozorini ochish jarayonlari yakunlanganini ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, tegishli ruxsatnoma O‘zbekiston tomoniga yaqin kunlarda taqdim etiladi. Shuningdek, anor, olma, olxo‘ri va boshqa mevalarning texnik ma’lumotlari ko‘rib chiqilmoqda.

Tadbir natijasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Misr qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, treninglar, o‘quv kurslari, konferensiya va forumlar tashkil etishga kelishib olindi.

Bundan tashqari,  ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasida yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish maqsadida o‘zaro safarlarni tashkil etish, paxta va bug‘doy strategik mahsulotlarining yangi navlarini birgalikda yaratish to‘g‘risida ham bir to‘xtamga kelindi.

 

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov