Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniya hukumati 30-noyabr, chorshanba kuni Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan mamlakatlardan kelgan ishchilar uchun immigratsiya qoidalarini soddalashtirishni ma’qullashi kerak. Bu haqda vazirlar mahkamasining strategiya hujjatiga tayanib Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Germaniya mamlakat ish beruvchisi bilan mehnat shartnomasini imzolagan Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi mamlakatlardan kelgan xorijliklarga zudlik bilan ish boshlashga ruxsat beradi — ular kasbiy malaka isbotini keyinroq olishi mumkin, — deb yozdi Bloomberg.

Bundan tashqari, Germaniya hukumati yosh muhojirlarning mamlakatda kasbiy ta’limni yakunlashini osonlashtirmoqchi.

Bu Yevropadagi eng liberal immigratsiya qonuni bo‘ladi, — dedi Germaniya Iqtisodiyot vaziri Robert Xabek.

Xabekning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya nafaqat malakali kadrlar, balki umuman ishchi kuchi yetishmasligiga duch kelmoqda. Davlat esa so‘nggi yillarda bu muammoga e’tibor qaratmagan.

Xabek 30-noyabr kuni hukumat yig‘ilishidan so‘ng ichki ishlar, mehnat va ta’lim vazirlari bilan birgalikda yangi migratsiya strategiyasini taqdim etadi, — deb xabar berdi Bloomberg.

Bir necha o‘n yilliklar davomida tug‘ilish darajasining pastligi va notekis migratsiya oqimi demografik nomutanosiblikni keltirib chiqardi.

Bu esa hozirda ham koronavirus pandemiyasi va energiya inqirozi ta’siridan aziyat chekayotgan Germaniya iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qilmoqda.

Rasmiylar Germaniya tashqarisidan yiliga 400 ming nafar malakali ishchilarni jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi