Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2022-yil mashhurlar olamida sodir bo‘lgan voqealarga boy bo‘ldi. Misol uchun, Bleyk Layvli va Rayan Reynolds 4-farzandini kutayotganini bildik, shuningdek, Bennifer juftligining birlashuvidan zavq oldik va nihoyat o‘zining birinchi “Oskar”ini olgan Jessika Chesteyn bilan faxrlandik. Va bu ajoyib yangiliklarning hammasi emas.

Ben Afflek va Jennifer Lopes turmush qurdi

Foto: East News

Foto: East News

2022-yilda “Bennifer 2.0” haqida gapirmagan odam qolmadi hisob. Er-xotin birinchi uchrashganidan 20 yil o‘tib yana birlashdi. Shu yilning aprel oyida juftlik unashtirilganini e’lon qildi, iyulda esa munosabatlarni rasmiylashtirishdi. Jennifer hatto erining familiyasini ham oldi. Intervyuda u shunday deydi: “Biz shunday yashaymizki, keyinchalik bundan faxrlanaylik. Biz haqiqat nima ekanini bilamiz va uni muqaddas deb hisoblaymiz”. Aytgancha, Ben Jenniferning egizaklariga o‘gay ota bo‘ldi.

Rayan Reynolds va Bleyk Layvli 4-farzandini kutmoqda

Foto: East News

Foto: East News

Juftlik 10 yildan beri birga bo‘lib, hozirda ularning uchta qizi bor. Bu yil Bleyk va Rayan yana farzand kutishayotgani ma’lum bo‘ldi. Aktyorni namunali ota deyish mumkin: u bolalar bilan vaqt o‘tkazishni, shuningdek, ularni maktabdan olib kelishni va olib ketishni yaxshi ko‘rishini bir necha bor tan olgan.

Jessika Chesteyn o‘zining birinchi “Oskar”ini qo‘lga kiritdi

Foto: East News

Foto: East News

Jessika “Temmi Feyning ko‘zlari” filmidagi ajoyib ijrosi uchun birinchi “Oskar”ini qo‘lga kiritdi. Bu mukofotni unga aktyor Entoni Xopkins topshirdi. Aktrisaning raqiblari orasida Nikol Kidman, Oliviya Kolman, Penelopa Kruz va Kristen Styuart ham bor edi. Aytgancha, bundan oldin ham Jessika ikki marta “Oskar”ga nomzod bo‘lgan, ammo faqat 3-urinishgina g‘alabaga aylandi.

Kirsten Danst va Jessi Plemons nihoyat turmush qurdi

Foto: East News

Foto: East News

Jessi Plemons va Kirsten Danst o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar 2016-yilda boshlangan, bundan oldin ular faqat hamkasblar edi. 2017-yilda aktyorlar unashtirilganliklarini e’lon qilishdi, bir yildan so‘ng er-xotin o‘g‘il ko‘rdi. 2021-yilda ikkinchi merosxo‘r tug‘ildi va 2022-yilda ular nikohlarini rasmiy ravishda qayd etishdi. Kirsten u va Jessi har doim birga bo‘lishiga ishonadi. Jessi ham Kirsten unga hayoti davomida hamroh bo‘lishiga amin ekanligini ta’kidlaydi.

Megan Foks va repper Machine Gun Kelli unashtirilganini e’lon qildi

Foto: East News

Foto: East News

Megan Foks va Machine Gun Kelli 2020-yilda uchrashishni boshlagan. Ularning munosabatlari tez rivojlandi. Juftlikka yaqin manbaning ta’kidlashicha, reper Meganga chindan ham oshiq bo‘lgan. 2022-yil boshida er-xotin unashtirilganini e’lon qilishdi, ammo ish hali to‘ygacha yetib bormadi. Aytgancha, yaqinda musiqachi o‘zining qo‘shiqlaridan birini ijro etib, oxirida uni rafiqasi va ularning tug‘ilmagan farzandiga bag‘ishlashini aytgandi.

Beyonse Renaissance nomli albomini chiqardi: u barcha chartlarni portlatib yubordi

Foto: East News

Foto: East News

2022-yilda Beyonse 2016-yildan beri ilk yakkaxon albomi Renaissance nomli musiqiy albomini chiqardi. U musiqa tanqidchilarining olqishiga sazovor bo‘ldi va hozirdan 2023-yilgi “Gremmi” mukofotiga 8 nominatsiyada nomzod bo‘ldi. Tanqidchilardan biri bu yilning eng yaxshi albomi va Beyonse faoliyatidagi eng yaxshisi ekanligini aytib o‘tdi.

Xelen Mirren va Teylor Xekford 25 yillik turmush va 36 yillik tanishuvlarini nishonladi

Foto: East News

Foto: East News

Xelen Mirren va Teylor Xekford “Oq tunlar” filmining suratga olish ishlarida tanishib, 1986-yilda uchrasha boshlagan. Biroq er-xotin munosabatlarni faqat 11 yildan keyin rasmiylashtirgan. Ularning farzandlari yo‘q, chunki Xelen unda “onalik instinkti umuman yo‘qligini” tan olgan.

Margo Robbi va Rayan Goslingga afsonaviy Barbi va Ken roli ishonib topshirildi

Foto: East News

Foto: East News

2022-yilda barcha mashhur jurnallar va internet portallari Margo Robbining Barbi va Rayan Goslingning Ken rolidagi suratlarini chop etdi. Ushbu filmning ssenariysini o‘qib chiqqach, aktrisa bu rolni karyerasidagi eng yaxshilaridan biri deb o‘ylaganini shunday izohlaydi: “Men Rayan bilan filmning suratga olish ishlaridan oldin gaplashdim, u ham ushbu ajoyib loyihada ishtirok etayotganidan juda xursand ekanligini angladim”. Film rejissori Greta Gervig. Premyera 2023-yilning iyuliga rejalashtirilgan.

Jennifer Lourens birinchi farzandini dunyoga keltirdi

Foto: East News

Foto: East News

Shu yilning fevralida “Hayot-mamot” filmi yulduzi Jennifer Lourens birinchi marta ona bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, farzandi tug‘ilgach, uning hayoti qaytadan boshlangandek bo‘lgan. Jenniferning so‘zlariga ko‘ra, onalik uni juda o‘zgartirgan: “Ko‘nglim shu qadar xotirjam bo‘ldiki, ilgari hech qachon bunday bo‘lmagan. Men har doim o‘g‘limga uni qanchalik yaxshi ko‘rishimni tinmay aytaman”.

Britni Spirs 3-marta turmushga chiqdi

Foto: East News

Foto: East News

Britni Spirs va Sem Asgari 2016-yilda xonandaning Slumber Party videoklipini suratga olish paytida tanishgan bo‘lsa-da, 2022-yilga kelibgina munosabatlarini qonuniylashtirishdi. To‘yda Madonna, Peris Xilton, Selena Gomes ishtirok etdi. Kelin Versace tomonidan u uchun maxsus tikilgan hashamatli oq libosda porladi, kuyov ham xuddi shu brenddan qora smokingni tanladi.

Nikol Kidman 6-marta “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi

Foto: East News

Foto: East News

Bu yil Nikol Kidman yana dramatik filmdagi eng yaxshi ayol roli uchun “Oltin globus” mukofotini oldi. Haykalcha unga o‘tgan asrning o‘rtalarida mashhur bo‘lgan mashhur aktrisa “Rikardo bo‘lish” filmidagi Lyusil Bol rolini ijro etgani uchun berilgan. Mukofotni olayotgan Kidman sahnadan shunday deydi: “Bunday yuqori baho uchun rahmat! Lyusil, bu mukofot siz va mukofotga nomzod bo‘lgan boshqa barcha ajoyib ayollarnikidir”.

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov