Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning ayrim hududlarida tumanli ob-havo kuzatilgani sababli 26-noyabr kuni Uzbekistan Airways’ning bir qator reyslari kechiktirilgandi. Aviakompaniya matbuot xizmati kechiktirilgan reyslar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 27-noyabr kuni Farg‘ona va Namangan xalqaro aeroportlarida ob-havo sharoiti hali ham noqulayligi (tuman, ko‘rishning yetarli darajada emasligi) tufayli HY-093 Toshkent—Namangan, HY-9801 Namangan—Perm, HY-081 Toshkent—Farg‘ona, HY-339 Farg‘ona—Dubay qatnovlari majburiy kechiktirilmoqda.

Texnik sabablarga ko‘ra HY-271 Toshkent—Istanbul reysi tez orada o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketadi. HY-272 Istanbul—Toshkent reysi ham kechikish bilan amalga oshiriladi.

HY-9802 Perm—Namangan, HY-340 Dubay—Farg‘ona va HY-082 Farg‘ona—Toshkent reyslari ham kechikib amalga oshiriladi.

Uzbekistan Airways aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib, keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘ragan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
Dunyo
“Ikkinchi Chernobil” — Dunaydagi ekologik halokat, qimmatbaho kartinalar ortilgan Boeing’ning bedarak yo‘qolishi va Gandiga uyushtirilgan suiqasd. Kun xronologiyas...
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?