Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

NATOga a’zo 30 davlatdan 20 tasi Ukrainaga qurol jo‘natish uchun harbiy resurslarini sezilarli darajada tugatdi, dedi Shimoliy Atlantika alyansi vakili The New York Times nashriga.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Biroq qolgan davlatlar, ayniqsa Fransiya, Germaniya, Italiya va Niderlandiya kabi yirik ittifoqchilar hali ham muhim qurol-yarog‘lar bilan ta’minlashga qodir, deya qo‘shimcha qildi manba. NATO shu vaqtga qadar Ukrainaga 40 milliard dollarlik qurol bergan, bu summa Fransiyaning yillik mudofaa budjetiga teng.

Jurnalistlar bilan suhbatlashgan ekspertlarning ta’kidlashicha, Ukrainadagi urush jarayonida har ikki tomon ham Ikkinchi jahon urushidan keyingi misli ko‘rilmagan darajada qurol va o‘q-dorilarni sarflamoqda, G‘arb esa bunga tayyor emasdi.

NATO rasmiylari Ukrainada frontda qo‘llanayotgan artilleriya miqdori aqlbovar qilmas darajada ekanini aytdi. Masalan, Afg‘onistonda NATO kuchlari kuniga 300 ta artilleriya o‘qini otardi va havo hujumidan mudofaa haqida ko‘p tashvishlanmasdi. Ammo Ukraina Qurolli kuchlari kuniga minglab o‘q uzmoqda va hanuzgacha Rossiya raketalari hamda Eronda ishlab chiqarilgan dronlardan himoyalanish uchun havo mudofaa tizimlariga katta ehtiyoj sezmoqda. “Ukrainadagi bir kun — Afg‘onistonda bir oy yoki undan ko‘proq”, — dedi mudofaa bo‘yicha ekspert va NATOning sobiq yordamchisi Kamil Grand NYT’ga.

NATOning yuqori martabali mulozimi aytishicha, yozda ukrainaliklar Donbassda bir kunda 6-7 mingta, rossiyaliklar esa 40-50 mingta artilleriya snaryadlarini ishlatgan. Taqqoslash uchun: AQSH oyiga atigi 15 000 ta snaryad ishlab chiqaradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlar uchun yordam qabul qilinmoqda
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...