Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ostonada bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimida qasamyod qabul qilib, prezident lavozimiga kirishgani haqida xabar berilgan edi. Qozog‘istondagi mahalliy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Ostonada fuqarolar qayta saylangan prezidentning inauguratsiyasiga qarshi namoyishga chiqdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda politsiyaning miting o‘tkaziladigan joyga yetib borgani va namoyishchilarni hibsga olishni boshlagani aks etgan kadrlar tarqalmoqda. Qayd etilishicha, miting ishtirokchilari “Keruen City” savdo markazi yaqinida to‘plangan.

Shaharda internet bilan bog‘liq muammolar ham yuz bergan. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Davlat texnika xizmati esa Ostona shahri va Oqmo‘la viloyatidagi internet shlyuzlari elektr ta’minoti uskunasida avariya sodir bo‘lgani sababli telekommunikatsiya qurilmalarida nosozliklar qayd etilganini bildirgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda tizimdagi nosozlik bartaraf etilgan va aloqa odatdagi tartibda ishlamoqda.

Ma’lumot uchun, 20-noyabr kuni Qozog‘iston prezidentligiga navbatdan tashqari saylovlarda g‘olib bo‘lgan Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat xalqiga qasamyod qabul qildi va davlat rahbari lavozimiga rasman kirishdi.

26-noyabr kuni ertalab bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimida To‘qayev Qozog‘istonda prezident saylovlari adolatli va ochiqchasiga bo‘lib o‘tganini aytdi. Yetti yil muddatli bir martalik prezidentlikka o‘tish esa siyosatchilarning yangi avlodiga yo‘l ochib beradi, dedi u.

To‘qayev qayta saylanganidan keyingi birinchi safarini Rossiyaga uyushtirishi kutilmoqda. 28-noyabr, dushanba kuni u Moskvaga borib, Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi va hujjatlar imzolaydi, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov