Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayni vaqtda Navoiy shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari viloyat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Navoiy viloyati hokimligiga nomzod Normat Tursunov viloyatda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha taklif va rejalarini bayon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbari kelgusi yilda sanoatda 186 ta loyihani amalga oshirib, 15 mingta yangi ish o‘rni yaratish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

Mutasaddilarga:

  • yil yakunigacha har bir tarmoq bo‘yicha 25 tadan mahalliylashtirish loyiha paketini shakllantirish;
  • kelgusi yildan 200 nafar tadbirkor bilan kooperatsiya asosida mahsulot ishlab chiqarishni boshlash;
  • bir oy muddatda 188 ta yaylovlarda joylashgan noruda konlarni auksionga chiqarish;
  • yil yakunigacha 8 ta Yoshlar sanoat zonasi infratuzilmasiga 20 milliard so‘m ajratish;
  • Navoiy erkin iqtisodiy zonasida kelgusi yilda 200 million dollar qo‘shimcha investitsiya jalb qilib, 20 mingta ish o‘rni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirishni 2 baravarga oshirib, 100 ming nafar aholini band qilish zarurligi ta’kidlandi. Nomzod o‘z taqdimotida bu boradagi rejalarini ko‘rsatdi. Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga:

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • kelgusi yilda Xatirchi, Karmana, Navbahor, Qiziltepa va Nurotadagi 72 ta mahalla atrofidagi 5 ming gektarda suv ta’minotini yaxshilab, uzumzor va mevali bog‘lar barpo etishga 4 million dollar yo‘naltirish;
  • kelgusi yilda Konimex, Tomdi va Uchquduq yaylovlarida quduq qazishga 10 milliard so‘m subsidiya ajratish;
  • 1,5 ming gektarda yaylov o‘simliklari urug‘chiligi xo‘jaligi hamda 5 ming gektarda kavrak plantatsiyalarini barpo etish;
  • dala va yo‘l chetlarida 6 million dona tut ko‘chatini ekish va ipakchilikda 58 ming aholi bandligini ta’minlash;
  • kelgusi yilda qorako‘lchilik va qo‘ychilik loyihalariga 20 million dollar ajratish;
  • kelgusi yilda 10 million dollar investitsiya hisobidan Karmana va Xatirchida agrologistika markazlarini ishga tushirish;
  • 500 ming gektar yaylovlarda yoshlar bandligini ta’minlash dasturini qabul qilish;
  • dastur doirasida loyihalarga 15 million dollar hamda quduq qazishga qo‘shimcha 20 milliard so‘m subsidiya ajratishga topshiriq berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov