Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Beeline Uzbekistan digital-operatori (VEON Group) Ookla kompaniyasining mukofoti g‘olibi bo‘ldi. 2022-yilning 1- va 2-choraklari natijalariga ko‘ra, “Beeline” foydalanuvchilarning mobil qurilmalarida videoni ko‘rishda trafikni uzatish sifati va tezligi bo‘yicha respublikada eng yaxshi natijalarni ko‘rsatdi. Natijada “Eng yaxshi mobil video” nominatsiyasida Ookla® Speedtest AwardsTM mukofoti taqdim etildi.*

Ookla mobil va keng polosali tarmoqni tahlil qilish, ilovalarni sinovdan o‘tkazish va tegishli texnologiyalar bo‘yicha global yetakchi hisoblanadi. Ookla reytinglari barcha operatorlar abonentlari tomonidan Speedtest yordamida o‘tkazilgan testlarga asoslanadi.

O‘zbekistonda 2022-yilning I-II choraklarida 5000 dan ortiq foydalanuvchi Ookla ilovasida o‘lchovlarni amalga oshirishgan va ular dasturiy ta’minot provayderi tomonidan tahlil qilingan. Beeline Uzbekistan “Eng yaxshi mobil video” nominatsiyasida eng yuqori– 69,32 ball bilan eng yaxshi natijani ko‘rsatdi va yaqin raqibidan deyarli 6 ballga o‘zib ketdi. Provayderlarni baholash metodologiyasini Speedtest ilovasining saytida batafsilroq o‘rganish mumkin.

2022-yilning birinchi yarim yilligi natijalari bo‘yicha mukofot Beeline Uzbekistan uchun birinchisi emas. Avvalroq 2021-yilda operator eng yaxshi mobil aloqa tarmog‘i, eng yaxshi qamrovi va eng tez internetga ega operator sifatida Ookla mukofoti sovrindori bo‘lgan.

“Ookla reytingida Beeline doimiy yuqori natijalari tarmoqning keng ko‘lamli rivojlanishi va kompaniyaning barcha raqamli xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasidir. VEON’ning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi bizga bu yil 4G formatidagi saytlarning yuqori ulushiga ega 14 800 ta baza stansiyalarini o‘rnatish imkonini berdi, bu mobil video sifatiga ham ta’sir qildi. Amalga oshirilgan ishlar tufayli 2022-yilning boshidan buyon mijozlarimiz mobil internet orqali video tomosha qilish uchun jami 105 000 000 GB (105 petabayt) sarfladilar. “Eng yaxshi mobil video” nominatsiyasidagi g‘alaba biz erishgan natijalarning mustaqil tasdig‘idir», — dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrzej Malinowski.

***

Unitel MCHJ 2006-yilning 12-sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahrida (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi

VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistan’da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

*Ookla® tomonidan Speedtest Intelligence® ma’lumotlarining 2022-yilning 1-2-choragi tahlili asosida. Ookla savdo belgilari litsenziya ostida qo‘llaniladi va ruxsatnoma bilan qayta chop etiladi.

Sayt

Facebook

Instagram

Telegram

Twitter

LinkedIn

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov