Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiyaning Xayao Miyazaki va Studio Ghibli multfilmlarining muxlislari endi Tokiodan 300 km uzoqlikda ochilgan yangi tematik park-muzeyga rasman tashrif buyurishi mumkin.

Bog‘ Nakatuta shahrida joylashgan bo‘lib, besh qismga bo‘lingan, ya’ni u Jodugarlar vodiysi, Yoshlik tepaligi, Mononoke qishlog‘i, Dondoko o‘rmoni va Buyuk Gibli ombori, kinoteatr, dekoratsiyalar va qahramonlarning real o‘lchamdagi nusxalarini o‘z ichiga oladi. Hozircha sanab o‘tilgan joylardan faqat uchtasi ochilgan.

Foto: “Film.ru”

Foto: “Film.ru”

Parkning qurilish ishlariga 241 million dollar (34 milliard iyen) sarflangan. Ko‘rgazmalar Miyazakining eng katta xitlaridan, jumladan, “Ruhlardan uzoqlashgan”, “Mening qo‘shnim Totoro”, “Malika Mononoke”, “Jodugar yetkazib berish xizmati” va boshqalaridan ilhomlanib yaratilgan.

Yaqinda Studio Ghibli prezidenti Koji Xoshino Miyazakining yangi “Qanday ish qilyapsiz?” multfilmining tugashi haqida e’lon qildi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)