• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Turkiyada “Yilning eng yaxshi aktrisasi” nomiga da’vogarlik qilayotganlar ro‘yxati e’lon qilindi

    Turk kino olamida katta ahamiyatga ega bo‘lgan “Oltin kapalak” mukofotining 48-taqdirlash marosimi 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Hozirda bu mukofotga nomzod bo‘lgan turkiyalik aktrisa va aktyorlar, rejissorlar, shuningdek eng yaxshi seriallar ro‘yxati ko‘rib chiqilmoqda. “Yandeks Dzen” nashri “Oltin kapalak” mukofotining “Yilning eng yaxshi aktrisasi” nomiga da’vogarlik qilayotgan aktrisalar ro‘yxatini taqdim etdi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Ko‘plab turk aktyorlari ushbu tanlovda ishtirok etishdan bosh tortgan bo‘lsa ham, tanlov o‘z dolzarbligini yo‘qotmadi.

    Taqdirlash marosimlarida qatnashish — statuetka yoki diplomni qo‘lga kiritish emas, jamoatchilik fikrini shakllantirgan, kino sanoatining turli sohalaridagi professional mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lishdir. Bu yaxshi piar, nomzodning mukofot oldidan qilgan mashaqqatli mehnatining yakuni, hamkasblar orasida e’tirof etilishi, iste’dod va kasbiy mahoratning tinimsiz o‘sishi tufayli kino olamdagi ijodkorlarning eng yaxshi deb topilganligini omma oldida e’lon qilish imkoniyati hisoblanadi.

    Dastlabki ovoz berishdan keyin final ishtirokchilari uchun ovoz berishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Pantene homiyligidagi “Oltin kapalak” mukofotiga nomzod bo‘lgan yosh va tajribali aktrisalar ro‘yxati tuzildi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Mukofotga nomzodlik qilayotgan yosh aktrisalar qatorida “Oila uchun” serialida Asiya obrazini gavdalantirgan Su Burka Yazgi Joshkun, shuningdek, “Meni eshit” seriali orqali mashhurlikka erishgan, unda Ekim rolini ijro etgan aktrisa Rabiya Soyturk ham bor. Shuningdek, “Yilning eng yaxshi aktrisasi” nominatsiyasiga da’vogarlar ro‘yxatidan Pinar Deniz, Demet O‘zdemir, Jansu Dere kabi tajribali aktrisalar ham joy olgan.

    Ovoz berishning ikkinchi bosqichidan so‘ng ro‘yxatga quyidagi aktrisalar kiritildi:

    Afra Saracho‘g‘lu

    Turk aktrisasi Afra Saracho‘g‘lu 24 yosh bo‘lishiga qaramay uzoq yillik tajribaga ega va shu vaqtga qadar to‘qqizta loyihada ishtirok etgan. U ilk marta teleekranlarida 2016-yilda suratga olingan “Ikkinchi imkoniyat” serialidagi ijrosi bilan paydo bo‘ldi, aktrisa bu serialda ikkinchi darajali rolni ijro etdi. Aktrisa shundan keyin har yili yangi loyihalarda suratga tusha boshladi. Uning ishtirokidagi eng esda qolarli seriallar “Fazilat xonim va uning qizlari”, “Holavachchalar”, “Yeshilcham”dir.

    Aktrisa 2022-yilda yangi “Yalicapkini” loyihasida suratga tushdi, u serialda bosh rolni, boy va nufuzli oila vakili, shu bilan birga tanimagan insoniga turmushga chiqishga majbur bo‘lgan Seyran ismli qiz rolini oldi. Yangilik ijtimoiy tarmoqlarni “portlatdi”, YouTube’da serialning har bir qismi 10 million martadan ortiq ko‘rildi. Reytinglarga ko‘ra, loyiha yetakchi o‘rinlarga ko‘tarildi. Bu yilgi hech bir loyiha bunday natijaga erishmagan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Jansu Dere

    Jansu Dere — taniqli turk modeli va aktrisasi. U kino olamdagi faoliyati davomida 19 ta loyihada ishtirok etgan bo‘lib, ularning bir qanchasi dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan. “Kuch. Uyga qaytish”, “Muhtasham yuz yil”, “Ayol”, “Shaxsiyat” kabi seriallar shunga misol bo‘la oladi.

    Aktrisa bosh rolni o‘ynagan so‘nggi serial 2020-yildan 2022-yilgacha televizor ekranlarida namoyish etilgan “Vafosiz” serialidir. Serialning yakuniy qismi 2022-yil 25-mayda efirga uzatildi. Bu 2020—2021-yilgi mavsumning eng yuqori baholangan loyihalaridan biri edi. Ikkinchi mavsumda reytinglar sezilarli darajada pasayib ketdi, biroq serial hali ham mashhur bo‘lib, juda katta auditoriyani to‘pladi va chet elga sotildi. Aktrisa ushbu loyihada ishtirok etgani uchun bir necha bor, hatto xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Hozirda u  “Oltin kapalak” tanlovida “Yilning eng yaxshi aktrisasi” mukofotining nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Su Burju Yazgi Joshkun

    Su Burju Yazgi Joshkun tanlovda ishtirok etayotgan yosh aktrisalardan biri hisoblanadi. Aktrisa hozir 18 yoshda, biroq shunga qaramay teleko‘rsatuvlarda katta tajribaga ega. Yoshligidan aktrisalik faoliyatini boshlagan Burju shu vaqtga qadar 10 ta loyihada suratga tushgan. Aktrisaning ilk debyuti 2012-yilda bo‘lgan. O‘shanda Su Burju 6 yoshda bo‘lgan. U turli yoshdagi qizlarning rolini ijro etgan, aktrisa nafaqat Turkiyada, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham mashhurlikka erishgan.

    Burju “Yana sevgi”, “Bizning hikoyamiz”, “Ayol”, “Qarg‘a” seriallarida suratga tushgan, “Oila uchun” serialidagi roli esa aktrisaning faoliyatidagi muhim rollardan biri bo‘ldi. Loyiha bir yildan ortiq vaqtdan beri davom etmoqda, Su Burju to‘g‘ridan to‘g‘ri ekranda katta bo‘ldi, chunki serial 2021-yilning bahoridan beri davom etmoqda. Yosh aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi tufayli mashhurlikka erishdi. Suratga olish jarayonlarida u “Eng ko‘p muhokama qilingan aktrisalar” 5 taligidan, shuningdek, “Seriallarda eng ko‘p muhokama qilingan juftliklar” 5 taligiga kirdi, shuning uchun Asiye va Doruk ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun eng sevimli serial juftliklaridan biri hisoblanadi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Devrim O‘zkan

    Devrim O‘zkan aktrisalik faoliyatini “Sen mening vatanimsan” serialida boshlagan. U serialda Havva ismli qiz rolini ijro etgan. Mashhurlik unga 2017-yilda suratga olingan “Orzu” serialidagi Ipek Giray rolini olib keldi. Shundan so‘ng aktrisa “Oilani birlashtirish”, “Ramo” seriallarida paydo bo‘ldi. Hozirda aktrisa muvaffaqiyatli loyihalardan biriga aylangan “Biz bilganimiz kabi hayot” filmida Songul rolini ijro etmoqda. U ushbu roli uchun “Oltin obyekt” xalqaro mukofotida “Romantik jangovar filmdagi eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritdi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Rabiya Soyturk

    Rabiya Soytruk 26 yoshda, shuning uchun uni debyutant deb bo‘lmaydi. U kino olamdagi faoliyati davomida 6 ta loyihada suratga tushgan. Aktrisa ishtirokidagi “Shaxsiyat”, “Gulpari”, “Mening ismim Malak” loyihalari mashhurlikka erishgan, biroq u filmda ikkinchi darajali rollarni ijro etgan. Uning ijodiy faoliyatidagi burilish nuqtasi “Alparslon” serialidagi ishtiroki bo‘ldi. U serialda bosh qahramon Sulaymonning akasi Karadjining rafiqasi rolini ijro etgan bo‘lsa ham, asosiy emas, biroq muhim rolni o‘ynadi. Aktrisa “Meni eshit” serialida suratga tushgandan keyin mashhurlikka erishdi, Ekim va Kanat juftligi ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilinmoqda. Yozgi loyihani suratga olish jarayonida esa uning Instagram’dagi obunachilar soni 1,5 milliondan oshdi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Deniz Baysal

    Deniz Baysal turk kinosidagi tajribali aktrisalardan biri, u hozirga qadar 14 ta loyihada rol o‘ynagan, ularning bir qanchasi mashhurlikka erishgan. Aktrisaning faoliyati davomidagi eng yaxshi ijrolaridan biri “Fazilat xonim va uning qizlari” serialidagi Hazan roli hisoblanadi. Hozirda aktrisa bir necha mavsumdan beri “Razvedka” serialida suratga tushmoqda, u serialda maxsus kuchlar xodimi rolini ijro etdi. Bir necha mavsum davomida uning partnyori Chag‘lar Ertug‘rul bo‘ldi, endi esa aktrisa Murat Yildirim bilan birga serialda suratga tushadi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Pinar Deniz

    Pinar Deniz dunyoga mashhur turk aktrisalaridan biri, u hozirga qadar 13 ta loyihada suratga tushgan. So‘nggi paytlarda aktrisa raqamli platformalar uchun seriallar va filmlarda faol rol o‘ynamoqda. “Sevgi 101” seriali, Netflix uchun “Sevgi apokalipsisi” filmi, Turkiyaning BLU TV platformasi uchun “O‘ylab ko‘ring” loyihalari shunga misol bo‘la oladi. Pinar suratga olish jarayonlari paytida hali namoyish etilmagan jinoyat to‘g‘risidagi “Qorong‘i tun” filmida suratga tushdi.

    Hozirda aktrisa ikkinchi mavsumda nafaqat Turkiyada, balki chet elda ham katta tomoshabinlarni o‘ziga jalb etayotgan eng yuqori reytingga ega “Jumla” serialida rol o‘ynamoqda. Mazkur loyiha ham uning ishtirokchilari qatori ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan va o‘tgan yili “Oltin kapalak” tanlovida “Eng yaxshi serial juftligi” nominatsiyasida Jaylin-Ilgaz juftligi g‘olib bo‘lgan. Endilikda aktrisa “Yilning eng yaxshi aktrisasi” unvoniga da’vo qilmoqda.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Demet O‘zdemir

    Demet O‘zdemir ham turk kinosining iste’dodli aktrisalaridan biri hisoblanadi. Uning ishtirokidagi loyihalar har doim muvaffaqiyatli bo‘lgan va jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Aktrisa so‘nggi paytlarda raqamli platformalardagi seriallarda suratga tushmoqda. Uning ishtirokidagi “Sevgi taktikasi” filmi reyting jadvalida yuqori o‘rinlarni egalladi va uning 2-fasli suratga olindi. Serialning suratga olish ishlari allaqachon yakunlangan va Netflix obunachilari kelasi yili yangi romantik komediya yo‘nalishidagi loyihani tomosha qilishi mumkin. “Dunyo va mening oram” seriali hozirgacha faqat Turkiyada namoyish etilgan Disney+ telekanalida muvaffaqiyat qozondi. U kelasi yili boshqa mamlakatlardagi Disney+ obunachilariga taqdim etiladi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Burju Birijik

    Burju Birijik nafaqat Turkiyada, balki boshqa mamlakatlarda ham mashhurlikka erishgan. Aktrisa umumiy 17 ta loyihada suratga tushgan. U o‘zining “Nomus”, “Hayot qo‘shig‘i”, “Qarg‘a” seriallaridagi ijrosidan mamnunligini aytgan. U Netflix’dagi muvaffaqiyatli loyihalardan biriga aylangan va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mashhur bo‘lgan “Fatma” raqamli loyihasida rol ijro etdi. Serialning 2-mavsumi suratga olinishi haqida ma’lumotlar bor edi, biroq hozirgacha bu haqda xabar berilmadi. Burju oldingi mavsumlarga qaraganda reytinglarda tushib ketgan, biroq baribir katta auditoriyani to‘plagan “Oyna ortidagi qiz” serialida suratga tushmoqda.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Ezgi Mola

    Ezgi Mola ijodiy faoliyati davomida 35 ta loyihada rol o‘ynagan, biroq ko‘plab tomoshabinlar uni Safiye rolini ijro etgan “Begunohlar kvartirasi” serialidagi roli orqali taniydi. Loyiha 2022-yil 24-may kuni yakuniga yetdi va u 1-mavsumga nisbatan reytingda yutqazdi. Biroq serialning sodiq muxlislari uchun bu psixologik drama butun translyatsiya davomida sevimli kinolardan biri bo‘lib qoldi. Aktrisaning so‘nggi loyihalaridan biri “Ershan kuneri” serialidagi ishtirokidir.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Bu turk aktrisalari “Yilning eng yaxshi aktrisasi” mukofotiga nomzod sifatida finalchilar ro‘yxatiga kiritildi.

    Mavzuga doir:

    • Hande Erchel, Fahriye Evjen va vazn yo‘qotib, tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan boshqa turk aktrisalari (foto).
    • Burak O‘zchivit, Kivanch Tatlitug‘ va boshqa mashhur turk aktyorlari kinodagi karyerasi davomida qanchalik o‘zgargan?
    • Suratga olish maydonchasida janjal keltirib chiqargan eng injiq turk aktyor va aktrisalari (foto).
    • 2023-yilda Netflix’dan intiqlik bilan kutilayotgan 7 ta turk seriali.

    06.11.2022, 21:50   Izoh (0)   47075
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivud aktrisasi Jennifer Eniston sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pittni sudga bermoqchi

    06.11.2022, 19:55

    Amerikalik xonanda Selena Gomes salomatligidagi muammolari tufayli farzand ko‘rolmasligini ma’lum qildi

    06.11.2022, 16:57

    Filmlarda haqiqiy oshiqlardek ko‘rinsa-da, ammo real hayotda do‘st bo‘lib qolishga qaror qilgan Gollivud yulduzlari

    06.11.2022, 14:57

    45 mln dollarlik uy: Dunyodagi eng qimmat uylarning narxi qancha va ular kimlarga tegishli?

    06.11.2022, 12:44

    Gollivuddan hafsalasi pir bo‘lgach, kinodagi karyerasini yakunlagan aktyor va aktrisalar

    06.11.2022, 11:52

    “Shaytanat’ qo‘shig‘i uch kunda tayyor bo‘lgan”. Azim Mullaxonov mashhur qo‘shig‘ining yaratilish tarixi haqida (video)

    05.11.2022, 23:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.