Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) haftalik epidemiologik hisoboti ma’lumotlariga ko‘ra, bir hafta davomida dunyoda COVID-19 bilan kasallanish 10 foizga, o‘lim darajasi esa 1 foizga kamaydi.

Foto: LETA

Foto: LETA

3—9-oktabr oralig‘ida dunyoning barcha hududlarida koronavirus bilan kasallanish darajasi pasaydi, ayniqsa Afrika (41 foizga), Janubi-Sharqiy Osiyo (25 foizga) va G‘arbiy Tinch okeani mintaqasida (21 foizga) eng ko‘p kamayish kuzatildi.

Bir hafta ichida dunyo bo‘ylab deyarli 2,9 million kishida koronavirus aniqlandi.

Koronavirusdan o‘lim AQSH va Tinch okeanining g‘arbiy mintaqalaridan tashqari barcha hududlarda kamaydi. Ushbu mintaqalarda o‘lim darajasi mos ravishda 11 va 1 foizga oshdi. O‘limlar bo‘yicha eng katta pasayish Afrikada (53 foizga) va Janubi-Sharqiy Osiyoda (23 foizga) qayd etilgan.

Umuman olganda, hafta davomida dunyo bo‘ylab COVID-19 tufayli 9 ming o‘lim qayd etildi.

Butun pandemiya davrida dunyoda 623 milliondan ortiq odamda koronavirus aniqlangan va kasallik oqibatlaridan 6,5 milliondan ortiq odam vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)