Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrainalik va rossiyalik sobiq amaldorlar hamda tadbirkorlarga nisbatan shaxsiy sanksiyalar qo‘llash haqidagi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich, mamlakat sobiq mudofaa vaziri Pavel Lebedev, ukrainalik tadbirkor Sergey Kurchenko va rossiyalik milliarder Oleg Deripaska cheklovlar ostiga tushdi.
Ularning Ukrainadagi aktivlari o‘n yilga bloklanadi.
Ukraina hukumati avval ham ushbu to‘rt shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan. Mamlakat bosh vaziri Denis Shmigalning tushuntirishicha, takroriy sanksiyalar ularning Ukrainada qolgan mol-mulkini uzil-kesil musodara qilishga imkon beradi.
Izoh (0)