Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Xonanda Munisa Rizayeva “Xayolingdaman” nomli yangi taronasini muxlislariga taqdim etdi.

Instabloger, aktrisa Feruza Normatova yangi surati bilan ko‘rinish berdi va har qanday vaziyatda ham insonlarning so‘zlariga emas, harakatlariga qarab ish tutish kerakligi haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktrisa Asal Shodiyeva “Uyga qaytish” nomli yangi filmda suratga tushayotganini ma’lum qildi va sahifasiga filmning suratga olish jarayonlarida tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Ma’lumot uchun Asal Shodiyeva ishtirokidagi yangi film Xivada suratga olinmoqda. Shuningdek, aktrisaning o‘zi ham yana bir bor ertaknamo Xiva shahriga kelgani haqida muxlislariga gapirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Asal Shodiyeva “Uyga qaytish” filmining Xivadagi suratga olish jarayonlari aks etgan videolarini ham sahifasiga joyladi.

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov sahifasida marhum xonanda Davron G‘oyipovning xotirasiga atalgan post qoldirdi. Madaniyat vaziri marhum xonandaning o‘zidan o‘chmas iz va unutilmas nom qoldirgani haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

“Qodirxon” seriali orqali tanilgan aktrisa Marjona Mirzaaliyeva gender party tashkillashtirdi va o‘g‘il farzand kutayotganini ma’lum qildi.

Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev muxlislariga otasi bilan birga o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsert dasturiga tayyorgarlik ishlarini boshlaganini haqida gapirdi.

Xonanda Jahongir Otajonov do‘sti bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova u bilan 16 yildan beri ko‘rishishni istaydigan muxlisasi bilan uchrashdi.

Aktrisa Dilnoza Kubayeva yangi suratini muxlislariga ko‘rsatdi. Xonanda bir muddat kasal bo‘lib qolganini va tuzalib ishga chiqqanini ham aytdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Ayni vaqtda Dubayda dam olayotgan dizayner, aktrisa Shahzoda Muhammedova Instagram sahifasidagi obunachilari soni 5 millionga yetganini ma’lum qildi.

Aktyor Matyoqub Matchonov tarixiy filmda suratga tushishning qiyinchiliklari haqida gapirdi va “Pahlavon Mahmud” badiiy filmining suratga olish jarayonlarida tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktyor Asadilla Nabiyev Umra safaridan qaytgani munosabati bilan milliy teatr aktyorlari uning xonadonida mehmon bo‘ldi.

Xonanda Lola tez kunlarda yangi taronasini muxlislariga taqdim etishini ma’lum qildi. Shuningdek u sahifasiga yangi taronasidan spoyler joyladi.

Turk aktyori Engin Akyurek sahifasiga yangi suratini joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Ozarbayjonlik xonandalar Talib Tale va Zeyneb Hasani ilk marta Toshkentga tashrif buyurdi. Ularga madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamrohlik qildi.

Ozoda Nursaidova “Zamin yulduzlari” taqdirlash marosimida aktrisa Yulduz Rajabova va turk aktyori Emre Kivlijim bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Dildora Niyozova va uning hamkasbi Manzura “Dugonajonlar” nomli taronasini muxlislariga taqdim etdi.

Raqqosa Parizoda qizaloqlari E’zoza va Sa’diya bilan “Zamin yulduzlari” taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi