Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonda 6-oktyabr kuni “Bereke Bank” o‘z logotipini taqdim etdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda

Foto: Forbes

Foto: Forbes

Avvalroq Qozog‘istondagi “Sberbank” o‘z nomini “Bereke Bank”ga o‘zgartirgan edi

“Sberbank” va “Bayterek” milliy xoldingi o‘rtasida 23-avgust kuni aksiyalarni sotish bo‘yicha bitim tuzilgan edi. Bitim summasi e’lon qilinmagan.

“Madaniyatimizda ‘bereke’ so‘zi alohida ma’noga ega. Rivojlanish va boshqalarning rivojlanishiga yordam berish orqali biz odamlar erkinroq orzu qilishlari, ko‘proq yutuqlarga erishishlari, farovonlikka intilishlari uchun butun bir yangi imkoniyatlar dunyosini ochamiz”, — deyiladi bank matbuot xizmati xabarida.

“Bereke Bank”ning avvallari “Sberbank Kazakhstan” bo‘lgan butun filial tarmog‘ining rebrendingi tizimli ravishda amalga oshiriladi va taxminan olti oy davom etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi