Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi “Qozig‘urt” nazorat-o‘tkazish punkti bir kunga yopildi. Bu haqda Qozog‘iston Moliya vazirligining davlat daromadlari qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Qozig‘urt” (Qozog‘iston) va unga tutash “S.Najimov” (O‘zbekiston) o‘tkazish punkti 6-oktabr soat 09:00 dan 7-oktabr soat 09:00 gacha fuqarolar va avtotransport vositalarining o‘tishi uchun yopildi.

Ushbu o‘tkazish punkti “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan har ikki davlatning nazorat-o‘tkazish punktlari o‘rtasidan o‘tuvchi gaz quvurlarini gidravlik sinovdan o‘tkazish munosabati bilan yopilgan.

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasidagi boshqa nazorat-o‘tkazish punktlari odatdagidek ishlashda davom etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi